fbpx

Foydali maqolalar va yangiliklar

«Samarqand Bilim Orzu» media-markaziga xush kelibsiz,
bu erda press-relizlar, yangiliklar, video va fotosuratlar topishingiz mumkin.

Foydali maqolalar va yangiliklar

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Bizning o'quv markazimiz Yaponiyada o'qish istagida bo'lgan yoshlarga ajoyib imkoniyatni taklif etadi! O'quv markazimiz joriy yilning 30-iyunida Yaponiyaning TOEI instituti bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi. Endilikda siz bizning markazimizga murojat qilib, maxsus kuchaytirilgan yapon tili darslarida ta'lim olishingiz mumkin. Shu yilning 15-25 avgust kunlarida "Samarqand Bilim-Orzu" o'quv markazida TOEI institutining vakili bilan shaxsan uchrashib, o'zingizni qiziqtirgan savollarga javoblar hamda vakil tomonidan tegishli ko'rsatmalar olishingiz mumkin .
Chorshanba, 26 Iyun 2019 05:26

Imtihondan foto-xisobotni taqdim etamiz

Qadrli tinglovchilar, Sizga shuni ma'lum qilamizki bir necha kun oldin, Bizning o'quv markazimizda Abiturientlar kirish imtihonlari bo'lib o'tdi. Bu imtihonlarda bo'lg'usi talabalar o'z kuchlarini sinab ko'rishadi va o'z bilimlari qaysi Oliy O'quv Yurtiga kerakli darajada bo'lishi mumkinligi haqidagi juda qimmatli ma'lumotni qo'lga kiritadilar. E'tiboringizga quyidagi maskur imtihondan foto-xisobotni taqdim etamiz.
Bizning vakillarimiz joriy o'quv yilining oxirlarida turli maktablarda ko'rgazma-seminarlarini tashkil etishdi. Seminar maqsadini so'rasangiz?! Barcha sai harakatlarimiz, yorqin kelajagimiz vorislar bo'lmish yosh avlodni markazimizda tashkil qilingan "Robototexnologiya" kurslari bilan qisqacha tanishtirish va ularni bu sohaga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirishdan iborat edi. Kelajak fani bo'lmish Robototexnikalarni o'rganish va rivojlantirish butun bir insoniyatni yanada yetuklikka yetaklovchi eng asosiy yo'llardan biridir. Agar siz, farzandlaringiz yozni mazmunli, maroqli va eng muhimi yangi o'quv yilini…
Bizning yordamimiz bilan ko'gina talabalar hozirda turli davlarda xalqaro standardlarda ta'lim olishmoqda. Bularga misol tariqasida sizlarga Yaponiyada ta'lim olayotgan talabalarimiz ishtirokida sizlarga fotoreportaj tayyorlaganmiz. Bizning talabalarimiz hozirda Yaponiyada nafaqat Xalqaro ta'lim egasi bo'lishmoqda, balki ular o'z tengxo'rlari bilan pikniklar tashkil qilishmoqda, turli shaharlarning ko'ngilochar jo'ylariga tashrif buyurib mahalliy Yapon ma'daniyati bilan bevosita tanishishmoqda. Yuqorida guvohi bo'lganingizdek, talabalarimiz o'sha mashhur "Xatiko"ning ramzi oldida tushgan rasmiga guvohi bo'lishingiz mumkin.
Qadrli tinglovchi do'stlarimiz, yaqinda "Tashabbus-2019" ko'rik tanlovida bizning ahil "Samarqand Bilim-Orzu" kollektivi ham ishtirok etdi. Bu ko'rik tanlovda bizning direktorimiz Maxkamova X.M. yilning "Eng Yaxshi Tadbirkor Ayol" nominatsiyasini qo'lga kiritdi. Biz o'z direktorimiz bilan faxrlanamiz. Hozir esa e'tiboringizga ushbu ko'rgazmadan fotoreportajimizni xavola etamiz.