fbpx

Foydali maqolalar va yangiliklar

«Samarqand Bilim Orzu» media-markaziga xush kelibsiz,
bu erda press-relizlar, yangiliklar, video va fotosuratlar topishingiz mumkin.
Shanba, 01 Iyun 2019 11:33

Robototexnologiya - «Samarqand Bilim Orzu» o`quv markazida

Bizning vakillarimiz joriy o'quv yilining oxirlarida turli maktablarda ko'rgazma-seminarlarini tashkil etishdi. Seminar maqsadini so'rasangiz?! Barcha sai harakatlarimiz, yorqin kelajagimiz vorislar bo'lmish yosh avlodni markazimizda tashkil qilingan "Robototexnologiya" kurslari bilan qisqacha tanishtirish va ularni bu sohaga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirishdan iborat edi.

Kelajak fani bo'lmish Robototexnikalarni o'rganish va rivojlantirish butun bir insoniyatni yanada yetuklikka yetaklovchi eng asosiy yo'llardan biridir. Agar siz, farzandlaringiz yozni mazmunli, maroqli va eng muhimi yangi o'quv yilini yangi bilimlar va ko'nikmalar bilan boshlashini istasangiz bizning o'quv markazimizga murojaat qiling.

O`qilgan 2022 marta